Toshkentda Samsung Galaxy S6 taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 25-aprel kuni Toshkentdagi “Turkiston” saroyining yozgi sahnasida Samsung Galaxy S6 va Samsung Galaxy S6 Edge smartfonlarining O‘zbekistondagi taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda UzDaily.

Foto: The Verge

Samsung vakillari tashrifchilarga smartfonlarning ustunliklari va takomillashtirilgan xususiyatlarini namoyish etdi. Shuningdek, tashrifchilar maxsus zonalarda yangi smartfonlarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Taqdimot davomida Samsung kompaniyasi tomonidan turli yutuqlar va esdalik sovg‘alar, jumladan Samsung Galaxy S6 samrtfonlari sovringa qo‘yilgan o‘yinlar tashkillashtirdi. Shuningdek, taqdimotda DJ Piligrim, DJ Petishka, Sevara Nazarxon kabi o‘zbek estradasi yulduzlari va Rossiyaning “Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi g‘olibasi Sabina Mustayeva qatnashdi.

Оставить комментарий