“So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri

25.05.2015Andijon viloyati Xo’jaobod tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 16-umumta’lim maktablarida 25 may kuni ertalab soat 8.00 da O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangrashi bilan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri boshlandi. Tadbir bayramona bezatilgan umumta’lim maktab hovlisida havaskorlar to‘garagi chiqishlari, ota-onalar va faxriy o‘qituvchilar tabriklari bilan boshlandi. Tadbirda jonajon Vatanimizni, tinchlik-osoyishtalikni, yoshlik va muhabbatni, ustozlarga ehtiromni tarannum etuvchi she’rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Fan olimpiadalari, intellektual bellashuvlar, ijodiy tanlovlarda, obodonlashtirish va jamoat ishlarida faol qatnashgan yoshlarga faxriy yorliqlar topshirildi. So‘nggi qo‘ng‘iroq chalinganida har bir o‘quvchi yana bir yoshga ulg‘ayganini anglab qalbi quvonchga to‘ldi.  Qo‘ng‘iroq 9-sinf bitiruvchilari uchun maktabda so‘nggi bora darsga chorlab chalindi. Biroq 9-sinf o‘quvchilari uchun 2 sentyabr kuni qo‘ng‘iroq kasb hunar kollejlari va akademik litseylarda yana qayta chalinadi. Ular ta’liming keyngi bosqichi hisoblangan kasb hunar ta’limi olish uchun yana 3 yil davomida o‘qishni davom ettiradilar. Tadbir so‘nggida barcha umumta’lim maktablari «Xayr, maktab – salom, kollej» tadbiri doirasida hududdagi kasb hunar kollejlari va akademik litseyga borishdi. Ular o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi sharoitlar, o‘quv laboratoriya xonalari bilan tanishdilar.

Оставить комментарий