21—23-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yevropa tillari kuni nishonlandi. Bu haqda Britaniya kengashi “Daryo”ga ma’lum qildi.

 

Foto: Yevropa kengashi

Tadbirning birinchi ikki kuni Xorijiy tillarni baholash umumyevropa tizimi hamda uning butun dunyo bo‘ylab til o‘rganish va o‘qitish talablariga bag‘ishlangan seminarlardan iborat bo‘ldi. Seminarlarda O‘zbekistonda ishlayotgan yuzga yaqin maktab, kasb-hunar kolleji, litsey va universitetlarning ingliz, fransuz va nemis tillari o‘qituvchilari ishtirok etdi.

23-sentabr kuni O‘zDJTUda elchixonalar va madaniyat markazlari talabalar va o‘qituvchilarga interaktiv ko‘rgazma taqdim etilib, u barcha uchun ochiq bo‘ldi. Ishtirokchilar tillar va madaniyatlar xilma-xilligi haqidagi mashqlarni bajarib, Yevropa tillarida bir necha so‘zlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

Foto: Yevropa kengash

Gyote instituti, Britaniya Kengashi, Yevropa ittifoqining delegatsiyasi, Fransiya, Ukraina, Bolgariya, Gruziya, Latviya, Ruminiya, Shveysariya, Britaniya va AQSh davlatlari elchixonalari ushbu tadbirda ishtirok etdi.

Оставить комментарий